Yosh ixtirochilar

Yosh fiziklar

Radiopriyomnik kashf etilganligining 120 yilligiga bag`ishlab 2015-yil 5-may kuni Qumqo`rgon tumanidagi 3-umumiy o’rta ta’lim maktabida  7-sinflar o’rtasida “Yosh ixtirochilar “ tadbiri o`tkazildi.  Tadbirda o`quvchilar o’zlari tayyorlagan albom, beklet, referat va ixtirolarini namoyish etishdilar.

Yosh ixtirochilar o`z tasavvurlaridagi texnik kashfiyotlarni bayon etishdi.

 

Tadbir ishtirokchilarda kata taasurot qoldirdi.

yosh ixtirochilar


 

Xotira-abadiy, qadr-muqaddas !

9-may

      3-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Xotira va qadrlash” kuniga bag’ishlanib “Uzilgan har kiprik abad yo’qolmas” mavzusida bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir maktab o’quvchilari, mehnat faxriylari va urush qatnashchilari bilan dildan suhbat qurishdi.

      Tadbir davomida urush qatnashchilari To’rayev Narzullo bobo va  X.Raxmonqulovlar  urush taasurotlarini, tinchlikning qanchalik qadrli ekanligini va xozirda yurtimizda bo`layotgan o`zgarishlar haqida  so’zlab berishdi.

  Tadbirni 5-,,B’’sinf o’quvchilari o’zining qiziqarli chiqishlari, sahna ko’rinishlari, urush va tinchlik haqidagi she’rlari bilan boyitishdi. Pardayeva Charos ,,Keksalarni ezozlang’’ she’rini o’qidi.Tadbir

5-,,B’’sinf o’quvchilari ,,Hech kimga bermaymiz seni O’zbekiston !’’ ko’shig’i  bilan yakunladi.


 

НАШ ЮНЫЙ ЧЕМПЕОН

ЧЕМПЕОН

 

 

 Абдурауфов Абдурахмон Абдугафурович 2006 года рождения, ученик  2 «А» класса общеобразавательной школы № 3 Кумкурганского района принял участие в открытом Евразийском чемпионате по  «Ашихаре-карате» в 2015 году     24 апреля в Республики Венгрии в городе Будапеште,

       ЗАВОЕВАЛ БРОНЗОВУЮ МЕДАЛЬ.


 

May «Ingliz tili» fan oyligi

ingliz tili u

Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanidagi 3-umumiy o`rta ta`lim maktabida  2014-2015 o`quv yilining 2-may kuni ,,Ingliz tili fani oyligining ochilish marosimi” bo`lib  o`tdi.

Tadbirda maktabimizning 1-9 sinf o`quvchilari ishtrok etishdi. Maktabimiz direktori ochilish marosimini o`z tadbir so`zlari bilan ochib berdi.

Tadbirda har bir sinfdan ishtrokchilar turli she`rlar, qo`shiqlar va sahna ko`rinishlari namoyish etishdi.

Maktabimizning “Bilimlar bellashuvi” Respublika tanlovining tuman bosqichida g`olib o`quvchilar nutq so`zlagani o`quvchilarda ingliz tili faniga yanada kuchliroq qiziqish uyg`otdi. Tadbir  “Bilimlar bellashuvi” Respublika tanlovining tuman bosqichida faxirli o`rinlarni egallagan o`quvchilarni faxriy yorliqlar bilan taqdirlash bilan yakunlandi.

Tadbir ko`tarinki ruhda o`tdi va ingliz tili fan oyligi ochiq deb e`lon qilindi.

Bilimlilar saralandi.

bilimlar bellashuvi

Maktabimiz o`quvchilari 2014-2015 o`quv yilida “Bilimlar bellashuvi” Respublika tanlovining tuman bosqichida faol ishtirok etib 26 ta faxrli o`rinlarni qo`lga kiritdilar

Jumladan:

                    9 ta –   I  o`rin

                    8 ta –  II  o`rin

                   9 ta – III  o`rinlarni egallab,

o`rtacha 73,2 ball bilan maktabimiz tuman umumta`lim maktablari o`rasida faxrli  I  o`rinni egalladi.


Huquq bilimdonlar

huquq bilimdonlari

              2015-yil 28-aprel kuni maktabimiz o`quvchilaridan tashkil topgan “Temuriylar” jamoasi

“Huquq bilimdonlar” Respublika tanlovining viloyat bosqichida qatnashib faxrli 3-o`rinni egalladilar.


 

So`ngi pushaymon — o’zinga dushman .

foto lavha   2015-yil 28-aprel sanasida maktabimizda tuman MXX,  tuman prokaraturasi , ”Shoh Mashrab” masjidi imomi, tuman ,,Kamolot”  YIH ,  TXTMFMT va TEB tomonidan tumandagi barcha maktab direktori  va MTM raxbarlariga  ,,Novbakorlar qismati” nomli film namoyish etildi. Filmda diniy ekstramizm, “Jihotchilar” guruhiga a’zo bo’lgan Yurtdoshlarimizning qilmish – kirdikorlari fosh etilgan.

       Mana shu film yuzasidan fikr – mulohazalar yuritilib, chora – tadbirlar ishlab chiqildi. Barcha ta’lim muassasalarida o’quvchilar, ota – onalar o’rtasida ham filmni ko’rsatib yoshlar o’rtasida terrarizm, diniy ekstrimizm kabi illatlarning  oqibatlari jazosiz qolmasligi haqida tadbirlar o’tkazilishi kelishib olindi.


Ахмедов Самандар Шоди ўғли

Axmedov S

Инглиз тили фанидан “Билимлар беллашувлари”нинг вилоят босқичи совриндори Сурхондарё вилояти Қумқўрғон туман 3- умумий ўрта таълим мактабининг 8—“А” синф ўқувчиси Ахмедов Самандар Шоди ўғли 2000 йил 8-мартда Сурхондарё вилояти Қумқўрғон туманида туғилган.                                              Самандар мактаб ва жамоат ишларида фаол иштирок этиб, туман миқёсида ўтказилган диктант ва иншолар кўрик-танловида фахрли ўринларни эгаллаб келган. Мактаб миқёсида ўтказилган “Инглиз тили билимдони” мавзусидаги кўрик-танловда фахрли 1-ўринга туман босқичида фахрли 2-ўринга сазовар бўлди.

Шу билан бир қаторда спорт соҳасида ҳам фаол иштирок этиб, спортнинг миллий кураш ва енгил атлетика турлари билан шуғулланади. “Умид ниҳоллари” спорт мусобақаларида мактаб ва туман босқичларида фаол иштирок этган.  Мактабда ўтказиладиган байрам тадбирларида, туманда ўтказилган кўрик-танловларида доимо фаол иштирок этади. Шунингдек, дарсдан ташқари тадбирларда ва тўгаракларда ҳам фаол иштирок этади. Самандар ўзининг тиришқоқлиги, меҳнатсеварлиги билан алоҳида ажралиб туради.

    Ахмедов Самандар Шоди ўғли 2012-2013 – ўқув йилида ўтказилган “Билимлар беллашувлари”нинг туман босқичида 1-ўринни эгаллаб, вилоят босқичида совринли ўринни эгаллади.

Тагаева Мухлиса Бахтиёровна

Рус тили ва адабиёти фанидан “Билимлар

беллашувлари”нинг вилоят босқичи

совриндори Сурхондарё вилояти

Қумқўрғон туман 3- умумий ўрта

таълим мактабининг 7-синф ўқувчиси

Тагаева Мухлиса Бахтиёровна

2000 йил 24 февралда Сурхондарё вилояти

Қумқўрғон туманида туғилган.

У мактабда аълочи ва фаол жамоатчи ўқувчидир

У ўзининг тиришқоқлиги, ўткир зеҳнлилиги билан устозлари ва синфдошлари ўртасида ҳурмат-эътиборга эга.

Мухлиса мактаб ва жамоат  ишларида фаол иштирок этиб, туман миқёсида ўтказилган диктант ва иншолар кўрик-танловида фахрли ўринларни эгаллаб келган. Мактаб миқёсида ўтказилган “2014 йил-Соғлом бола йили” мавзусида иншолар кўрик-танловида фахрли 1-ўринга сазовар бўлди.

Тагаева Мухлиса Бахтиёровна 2013-2014 – ўқув йилида ўтказилган “Билимлар беллашувлари”нинг туман босқичида 1-ўринни эгаллаб, вилоят босқичида совринли 1-ўринни эгаллади ва республика босқичига йўлланмани қўлга киритди.

Хотира абадий — «Муҳаммад Юсуф»